Korzinka Bussines
Korzinka — biznes uchun ichki buyurtmalarni boshqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirishga mo‘ljallangan korporativ tizim. Platforma buyurtmalarni yaratishdan boshlab ularni yig‘ish, tayyorlash va yakunlashgacha bo‘lgan jarayonlarni yagona boshqaruv tizimiga birlashtiradi. Loyiha doirasida zamonaviy va qulay Kanban interfeysi asosida buyurtmalarni boshqarish tizimini yaratdik. Xodimlar rollari va filiallar bo‘yicha boshqaruv, buyurtmalar holatini kuzatish, pickerlarni biriktirish, to‘lov nazorati, backorder jarayonlari, bildirishnomalar va operatsion hisobotlarni yagona tizimga jamladik.
Kirish
Korzinka Business — korporativ mijozlarning ichki buyurtmalarini boshqarish va biznes jarayonlarini raqamlashtirish uchun yaratilgan zamonaviy platforma. Tizim buyurtmalarni yaratish, tasdiqlash, yig‘ish, tayyorlash va yakunlash jarayonlarini yagona boshqaruv muhitiga birlashtiradi.
Muammo
Ichki buyurtmalar bilan ishlashda turli jarayonlarni yagona tizim orqali boshqarish, buyurtmalar holatini kuzatish va mas’ul xodimlarni muvofiqlashtirish zarur edi. Buyurtmalar, pickerlar, to‘lovlar va yetkazib berish jarayonlarini nazorat qilish uchun markazlashgan boshqaruvga ehtiyoj mavjud edi.
Yechim
Biz buyurtmalarni Kanban ko‘rinishida boshqarish, xodimlar va rollar bo‘yicha jarayonlarni nazorat qilish, pickerlarni biriktirish, buyurtmalar holatini kuzatish hamda to‘lov va backorder jarayonlarini boshqarish imkonini beruvchi yagona ichki platformani yaratdik. Realtime bildirishnomalar va hisobotlar orqali operatsion jarayonlarni yanada shaffof va boshqariladigan qildik.
Bog'lanish
Savollaringiz bo'ladimi yoki imkoniyatlarni o'rganmoqchimisiz biz yordam berishga tayyormiz.