Ibrat Farzandlari
Ibrat Academy — bu O'zbekistonda yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy til o'rganish platformasi bo'lib, u "Ibrat farzandlari" loyihasining bir qismi hisoblanadi. Ibrat Academy mobil ilovasini yangi darajaga olib chiqdib, til o'rganuvchilariga AI ga asoslangan yangi metodika orqali darsliklarni taqdim etdik. Bu ilova foydalanuvchilari uchun katta qulayliklarni taqdim etdi.
Kirish
Ibrat Academy'ning asosiy maqsadi — yoshlar orasida chet tillarni o'rganishni rivojlantirish, ta'limni yanada ommalashtirish va uni har kim uchun qulay qilishdir. Platforma foydalanuvchilarga o'z bilim darajasini aniqlash imkonini beradi va shunga mos o'quv dasturini taklif etadi. Ilovada 20 dan ortiq xorijiy tilni o'rganish mumkin — darslar sodda va tushunarli, lug'at boyligini oshiruvchi qo'shimcha vositalar mavjud. Ayrim materiallarni internetga ulanmasdan ham o'rganish mumkin.
Muammo
Til o'rganuvchilari uchun barchaga ochiq, gamifikatsiya va AI yordamida interaktiv darslar beradigan zamonaviy platforma yetishmas edi. Mavjud yechimlar yo to'lovni talab qilar, yo statik darsliklar bilan cheklangan edi — har bir foydalanuvchining bilim darajasi va o'rganish tezligiga moslashmasdi.
Yechim
Biz barcha uchun ochiq, gamifikatsiya asosida ishlaydigan til o'rgatish platformasini yaratdik. Sun'iy intellekt foydalanuvchining bilim darajasi va o'rganish tezligiga moslashadi, darslarni shaxsiylashtiradi. Platforma 20+ tilni qamrab oladi va offline rejimda ham foydalanish imkonini beradi.
Bog'lanish
Savollaringiz bo'ladimi yoki imkoniyatlarni o'rganmoqchimisiz biz yordam berishga tayyormiz.