Ibrat Farzandlari

Year:

2024

Service:

Industry:

Software

Size:

30–45

Client Website:

Ibrat Academy — bu O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy til o‘rganish platformasi bo‘lib, u “Ibrat farzandlari” loyihasining bir qismi hisoblanadi. Ibrat Academy mobil ilovasini yangi darajaga olib chiqdib, til o'rganuvchilariga AI ga asoslangan yangi metodika orqali darsliklarni taqdim etdik. Bu ilova foydalanuvchilari uchun katta qulayliklarni taqdim etdi.

Kirish

Ibrat Academy’ning asosiy maqsadi — yoshlar orasida chet tillarni o‘rganishni rivojlantirish, ta’limni yanada ommalashtirish va uni har kim uchun qulay qilishdan iborat. Platforma foydalanuvchilarga o‘z bilim darajasini aniqlash imkonini beradi va shunga mos ravishda o‘quv dasturini taklif etadi. Bu esa har bir insonning o‘ziga mos usulda o‘rganishini ta’minlaydi.

Ushbu ilovada 20 dan ortiq xorijiy tillarni o‘rganish mumkin. Darslar sodda va tushunarli tarzda tushuntiriladi, shu bilan birga lug‘at boyligini oshirishga yordam beradigan qo‘shimcha vositalar ham mavjud. Yana bir muhim jihati — ayrim materiallarni internetga ulanmasdan ham o‘rganish imkoniyati mavjud.


Muammo

Til o'rganuvchilari uchun, aynan barchaga ochiq, tilni interaktiv tarzda o'rgatuvchi platformaning yo'qligi.

Yechim

Barcha uchun foydalanish mumkin bo'lgan, gamifikatsiya asosida til o'rgatish platformasi. AI orqali 'rganuvchiga moslashuvchi platforma.

Bugungi kunda Ibrat Academy ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan qo‘llanilmoqda va u yoshlarning bilim olishida muhim vositalardan biriga aylanib bormoqda. Bu platforma orqali har bir inson o‘z ustida ishlab, kelajakda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni egallashi mumkin.

Bog‘lanish

Savollaringiz bo‘ladimi yoki imkoniyatlarni o‘rganmoqchimisiz biz yordam berishga tayyormiz.

Bog‘lanish

Savollaringiz bo‘ladimi yoki imkoniyatlarni o‘rganmoqchimisiz biz yordam berishga tayyormiz.