EVOS

EVOS

EVOS — O‘zbekistonda keng tarqalgan fast food (tez tayyor ovqatlar) tarmog‘i bo‘lib, u milliy va xalqaro taomlarni zamonaviy formatda taqdim etadi. Kompaniya 2000-yillarning oxirlarida tashkil etilgan va qisqa vaqt ichida mamlakat bo‘ylab mashhurlikka erishgan. EVOS uchun maxsus mini-app yaratib, online buyurtmachilarga qulaylik yaratganmiz.

Kirish

EVOS — O‘zbekistondagi keng tarqalgan fast food tarmog‘i. Milliy va xalqaro taomlarni zamonaviy formatda taqdim etadi. 2000-yillarning oxirida tashkil etilgan va qisqa vaqt ichida mamlakat bo‘ylab mashhurlikka erishgan.

EVOS’ning asosiy xususiyati — tezkor xizmat, hamyonbop narxlar va taomlarning bir xil sifatda tayyorlanishi. Menyuda lavash, burger, hot-dog, doner, fri kartoshka, ichimliklar va combo to‘plamlar mavjud. Bugungi kunda EVOS Toshkent va boshqa yirik shaharlarda faoliyat yuritadi, o‘z yetkazib berish (delivery) tizimini yo‘lga qo‘ygan.

Muammo

Telegram bot orqali buyurtma qilish ko‘p vaqt olardi — foydalanuvchi menyuda qidirib, alohida xabarlar yozib, to‘lov va yetkazib berish detallarini qo‘l bilan kiritardi. Bu jarayon tez xizmat ko‘rsatuvchi brend uchun mos emasdi.

Yechim

EVOS uchun maxsus mini-app yaratdik — foydalanuvchilar buyurtmani bir necha qadamda berishi, tezkor to‘lov qilishi va yetkazib berishni real vaqtda kuzatishi mumkin. Yondashuv buyurtma tezligini 42% ga oshirdi va online buyurtmachilarga sezilarli qulaylik yaratdi.

Bog'lanish

Savollaringiz bo'ladimi yoki imkoniyatlarni o'rganmoqchimisiz biz yordam berishga tayyormiz.